"Hamza Expo Art Tekstile" bu Farg'ona vodiysi bag'rida 2010 yildan beri mehr va mehnat bilan jadal rivojlanib borayotgan to'qimachilik klasteridir.
Biz boshidanoq o'zimizga yuqori talablarni qo'yganmiz va yuqori sifatli to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda yetakchi o'rinni egallaganmiz. 2010-yilda birinchi yigiruv fabrikasini, 2013-yilda esa barcha tikuv jihozlarimizni yangilagan holda to‘quv fabrikasini ishga tushirdik.
2014-yil biz uchun muhim bosqich bo‘lib, mintaqadagi eng yaxshi besh soliq to‘lovchidan biriga aylandik. 2016 yilda biz barqaror rivojlanishda davom etib, yangi ishlab chiqarish tizimiga o'tdik. Lekin haqiqiy burilish 2020-yilda bo‘ldi, biz klaster yaratib, 100 foiz mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik.
Ish o’rinlar soni
1000+
65% Ayollar
35% Erkaklar
Rivojlanish
2021-yildan boshlab biz boshqaruv tizimini bosqichma-bosqich o‘zgartirib, uni yanada zamonaviylashtirmoqdamiz va 5-ishlab chiqarish sexi, ya’ni – halqali ip yigiruv sexi qurilishini e’lon qildik. Bugun esa eng yangi texnologiyalar va ilg‘or g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan mazkur ishlab chiqarish bo’limi o‘z ishini boshlash arafasida.
Ayni paytda Oltiariq shahridagi soliq to‘lovchilar orasida faxr bilan 1-o‘rinni egallab turgan korxonamizda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga hozirlik ko‘ryapmiz. Biz paxta tolasi orqali, kalava-iplari, matolar, eko-sumkalar, choyshablar va boshqa turdagi ko’plab mahsulotlarni ishlab chiqaramiz.
Eksport qilinadigan davlatlar
Sifatimizni dunyo bilan baham ko‘ramiz – mahsulotimizni Polsha, Germaniya, Turkiya va boshqa ko‘plab mamlakatlarga eksport qilamiz.